Oilaviy yashash uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlangan zamonaviy turar-joy majmuasi

«BOBUR RESIDENCE» — bu kattalar va kichik yoshdagi aholining qulay oilaviy hayot keshirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar avvaldan puxta o'ylangan loyihadir. Butun shaharning go'zal manzarasini ko'rish mumkin bo'lgan hashamdor terrasalar, barcha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy bolalar maydonchalari, avtomobil egalari uchun qulay avtoturargohlar, hududni toza havo bilan to'ldiradigan bog'lar va gulzorlar - bu yerda har bir detal sinchkovlik bilan o'ylangan!

Loyihamizning katta afzalligi shundaki, u katta yo`ldan ichkariroq yaniy 2-qatorida joylashgan bo`lib, barcha shovqinlardan chegaralanganligidadir. Undan tashqari, Shaharning barcha nuqtasiga oson etib olish uchun qulay joyda joylashganligi ham e`tiborga sazovor. Ta'kidlash joizki, dam olish maskani va o'yin maydonchasi stiloblatda (obyektning to'xtash joyi va o'tish qismi ustida) joylashgan. Bu ajratilgan maydonda qulay va xavfsiz dam olish uchun keng hududni ishlatishga imkon beradi, shuningdek stilobat ostida qo'shimcha avtoturargoh joylarini ajratish imkoniyatini yaratadi.

Loyiha haqida

O'ziga xos xususiyatlari

«BOBUR RESIDENCE» turar-joy majmuasining o'ziga xos xususiyatlari
  • 4-ta
    blok
    Har biri 16 qavatdan
  • 1000-dan
    o'rtiq
    Shinam xonadonlar
  • 26 xil ko’rinishdagi
    Puxta o’ylangan rejalar

BOBUR RESIDENCE

Loyiha hududida to'rtta 16 qavatli uylar va 1.000 dan ortiq xonadonlar (taxminan 1200) joylashadi. 42m2 dan 278m2 gacha bo'lgan 26 turdagi rejalar.

BOBUR RESIDENCE turar-joy majmuasida xonadonlar yarim tayyor xolda (muhandislik uskunalarsiz, lekin ichki devorlariga ega bo`lgan), kirish eshiklari va tashqi derazalari o'rnatilgan ravishda taqdim etiladi. 12-16 qavatlar oralig'ida terrasalik uylar ham mavjud. Shiftlarning balandligi 3 m.ni tashkil qiladi. Har bir podyezdlarda 2 tadan lift (yo'lovchi/yuk) hizmat ko`rsatadi.

Turar-joy maydonining butun hududi perimetri bo'ylab tunu-kun qo'riqlash xizmati amalga oshiriladi.
Turar-joy majmuasi

Galereya

Xonadon tanlash | «Bobur Residence»
Xonadon tanlash | «Bobur Residence»

Avtoturargoh
__________

Bu yerda avtomobillar uchun qulay joylar bilan jihozlangan yer osti va yer usti to'xtash joylari bo'ladi. Zamonaviy havsizlik standartlari bilan jihozlangan er osti avtoturargoxiga to`g`ridan to`gri liftdan tushish imkoniyati tashkil etilgan.

Shuningdek, «BOBUR RESIDENCE» avtoturargohi elektrmobillarni quvvatlantirish uchun maxsus maydonga ega bo'ladi (zaryadlash stansiyalari).

Dam olish zonasi
_____________

Bolalar va o'spirinlar uchun bu yerda futbol, basketbol va tennis o'yinlari uchun yopiq maydon, yuqori sifatli va xavfsiz materiallardan tayyorlangan ko'plab o'yin inshootlari, shuningdek, ko'plab o'rindiqlar va shiyponchalar o'rnatiladi.

Alohida ta'kidlash kerakki, butun stilobat hududida daraxtlar, maysalar, gullar va turli xil o'simliklar ekilgan bo'ladi.

Joylashgan joyi

Toshkent Shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur-73 ko`chasi. Mo`ljal: «Yakkasaroy» to`yxonasi.
Bizga yaqin joylashgan muassasalar: "Bobur" bog'i, "Next" SM, "Magic City" bog'i, "Korzinka" supermarketi, maktablar, aeroport, bolalar bog'chalari, poliklinika va tug'ruqxona, shuningdek, metro bekatlari: Novza, Oybek, Toshkent (9 daqiqalik yo'l).

Kontaktlar

Biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring va bizning menejerlarimiz Sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga echim topishga yordam berishadi.
Toshkent Shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur-73 ko`chasi. Mo`ljal: «Yakkasaroy» to`yxonasi.